Isroil janubidagi Beer-Sheva shahrida Eron raketasi tomonidan qisman vayron qilingan 7 qavatli bino yonidan yana bir kishining jasadi topildi.
Bu haqda Ynet portali xabar bermoqda.
Avvalroq uch kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Nashr harbiylarga tayanib, Eron hududidan 15 ga yaqin raketa uchirilganini, ularning aksariyati tutib olinganini bildiradi.