Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Vindzor saroyida Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan uchrashdi

Zelenskiy Vindzor saroyida Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan uchrashdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 23 iyun kuni Britaniya qiroli Charlz III bilan uchrashdi, deb yozmoqda Reuters.

Qayd etilishicha, ularning joriy yildagi uchinchi uchrashuvi Vindzor saroyida bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Zelenskiy Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, parlamentning har ikki palatasi spikerlari Lindsi Xoyl va lord Jon Makfol bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

«Bugun Britaniyaga tashrifim chog‘ida hamkorlar bilan ancha kuchli umumiy himoyaning asosiga aylanishi kerak bo‘lgan mudofaamiz haqida suhbatlashaman. Shuningdek, bu urush uchun Rossiyaga bosimni kuchaytirish, hujumlarni to‘xtatish maqsadida yangi va qat’iy choralar haqida kelishuvlarga erishamiz», - deb yozadi Ukraina prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Zelenskiy 24 iyun kuni Niderlandiya qiroli NATO yetakchilar uchun tashkil etayotgan rasmiy kechki ovqatga tashrif buyurishi kutilmoqda. Unda AQSh prezidenti Donald Tramp ham qatnashishi mumkin.

Kiritildi: 23:05 23.06.2025. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!