Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

"AQSh tomonidan Eronning tinch maqsaddagi atom inshootlariga uyushtirilgan hujumga javoban, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Qatarda joylashgan Al-Udeyd — AQShning G‘arbiy Osiyodagi eng yirik harbiy bazasiga raketa zarbasini amalga oshirdi.

Mazkur javob zarbasi “Basharat al-Fath operasiyasi” doirasida amalga oshirildi. U Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullangan va “Xotam al-Anbiya” Markaziy Qo‘mondonligi boshchiligida o‘tkazilgan.

Endi "ur va qoch" davri tugadi — agar bunday hujumlar yana takrorlansa, AQShning G‘arbiy Osiyodagi mavjudligi tezroq yemiriladi", deyiladi bayonotda.

Eronning AQSh bazalariga qarshi operasiyasi “G‘alaba xushxabari” deb nomlandi, deb xabar bermoqda Tasnim.

Kiritildi: 22:29 23.06.2025. O'qildi: 1376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!