Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eronning boyitilgan uran zaxiralari AQSh hujumidan zarar ko‘rmagan

Eronning boyitilgan uran zaxiralari AQSh hujumidan zarar ko‘rmagan

Financial Times gazetasi bu haqda Eron hukumatidagi manbasiga tayanib xabar bermoqda. Uning aytishicha, Eron o‘z boyitilgan uranini bu ob’ektlarda saqlashi nihoyatda soddalik hisoblanardi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio eronliklar yadroviy materiallarni Qo‘shma Shtatlarning hujumlaridan oldin yuk mashinalarida ko‘chirib ulgurganiga shubha bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar shunday bo‘lsa, ularga Isroil hujum qilgan bo‘lar edi. Shu bilan birga, Rubio bu haqda yaqin kunlarda aniq ma’lumot olishning imkoni bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

Obama va Bayden ma’muriyatlarida Eron masalalari bo‘yicha ishlagan amerikalik sobiq yuqori lavozimli amaldor Richard Nefyuning fikricha, Isroilning hujumlari boshlanganidan so‘ng Eron ikkita yadroviy bomba tayyorlash uchun yetarli miqdorda uran boyitishga ulgurgan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, u so‘nggi hujumlar Tehronning yadroviy dasturini faqat bir necha oyga ortga surgan, deb hisoblaydi.

Isroillik manbaning so‘zlariga ko‘ra, agar Tehron bilan uning tinch maqsaddagi yadroviy energiya dasturiga ruxsat berish yuzasidan muzokaralar boshlansa, Netanyahu Erondagi barcha yuqori darajada boyitilgan uran zahiralarini xorijiy davlatlarga topshirishni talab qilishi mumkin.

Kiritildi: 22:05 23.06.2025. O'qildi: 935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!