Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Krokusdagi terakt Kiyev buyurtmasi bilan amalga oshirilgan

Krokusdagi terakt Kiyev buyurtmasi bilan amalga oshirilgan

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu g‘ayriinsoniy jinoyat Ukrainaning amaldagi rahbariyati manfaatlarini ko‘zlab, Rossiyada siyosiy vaziyatni izdan chiqarish maqsadida amalga oshirilgan.

Teraktga tayyorgarlik bir necha oy oldin boshlangan. Ayblanuvchilarning bir qismi Rossiyaga xorijdan kelgan va u yerda dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan. Teraktning bevosita ijrochilari Rossiyada taqiqlangan “Viloyat Xuroson” terrorchilik tashkiloti a’zolari bo‘lgan.

Qolgan ishtirokchilar, Rossiya hududida bo‘lib, jinoyatni sodir etish uchun qurol-aslaha bilan taminlagan.

Hujum oqibatida 149 kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qoldi, 609 nafar fuqaro jarohatlandi.

Jinoyat sodir etilganidan keyin uning ijrochilari Ukrainaga qochishga uringan, biroq Bryansk viloyatida qo‘lga olingan.

Tergov natijasida 19 nafar sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi sudga o‘tkazish uchun prokurorga yuborilgan, yana 6 nafar ayblanuvchilarga nisbatan dastlabki tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 21:25 23.06.2025. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!