Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

Shu yilning 23 iyun kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi.

Bugun Samarqandda xalqaro hamkorlikning yangi sahifasini ochdik — BMT Davlat xizmati forumi boshlandi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidenti nomidan samimiy qutlov so‘zlarini yetkazish men uchun katta sharafdir, — deydi Prezident yordamchisi.

Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda va biz O‘zbekistonda bu o‘zgarishlarga faol islohotlar bilan javob bermoqdamiz: raqamli davlat quryapmiz, iste’dodlarga sarmoya kirityapmiz, barcha uchun — ayniqsa, davlat boshqaruvi organlarining uchdan biridan ko‘prog‘ini tashkil etayotgan ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz.

Global bilimlar markazi kabi tashabbuslarimizga ishonch bildirgan xalqaro hamkorlarimizga minnatdorlik izhor etmoqchiman. Sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash orqaligina biz odamlarga, ularning kelajagiga chinakam xizmat qiladigan davlat xizmati tizimini yaratishimiz mumkin, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.
Kiritildi: 19:18 23.06.2025. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!