Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilda xalqaro parvozlar qisman tiklandi

Isroilda xalqaro parvozlar qisman tiklandi

Eron bilan mojaro ortidan to‘xtatilgan parvozlar Isroilda qayta yo‘lga qo‘yildi. Xususan, xorijliklar mamlakatni tark etishi uchun cheklangan shartlar bilan maxsus reyslar tashkil qilinmoqda.

Isroilda 23 iyundan boshlab xalqaro parvozlar qisman tiklandi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Miri Regev ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Eron bilan kelishmovchiliklar boshlanganidan beri mamlakatda qolgan xorijliklarni olib chiqish uchun maxsus reyslar tashkil etilmoqda.

Birinchi kunining o‘zida mingdan ziyod xorijlik fuqaro mamlakatdan chiqarilishi kutilmoqda. Parvozlar Tel-Avivdagi Ben Gurion xalqaro aeroporti orqali amalga oshirilmoqda. Biroq xavfsizlik choralari tufayli har bir reysda 50 nafardan ko‘p yo‘lovchiga ruxsat berilmayapti.

Dushanba kuni mahalliy aviakompaniyalar jami 24 ta repatriasiya reysini amalga oshirishi rejalashtirilgan. Ushbu reyslar asosan kunduzi bajariladi, chunki tungi soatlarda Eron tomonidan raketalar bilan qilingan hujumlar xavfi saqlanib qolmoqda.

Miri Regevning ta’kidlashicha, aeroport hujum ob’ektiga aylanishi mumkin bo‘lgan vaziyatda, yo‘lovchilar sonini cheklash zarur. Isroilning El Al, Israir va Arkia kabi aviakompaniyalari xavfsizlik nuqtai nazaridan parvozlarni faqat kunduzgi vaqtlarda amalga oshirmoqda.

Ma’lumot uchun, 13 iyundan beri Isroil havo hududi yopiq edi. Bu vaqt mobaynida mamlakatda taxminan 40 mingga yaqin xorijlik turist qolib ketgandi.

Kiritildi: 18:47 23.06.2025. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!