Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda 11 yoshli qizni tok urishi natijasida vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 30 may kuni taxminan soat 18.00 da Mirobod tumanida Amir Temur ko‘chasidagi savdo do‘konlardan birining tom qismiga 2014 yilda tug‘ilgan N.A. ukasining o‘yinchog‘ini olib tushish uchun narvon yordamida chiqan. Qaytib tushayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan o‘tuvchi elektr tokini ushlab olgan va tok urishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:07 23.06.2025. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!