Tramp ma’muriyati AQShning xorijda efirga chiquvchi davlat ommaviy axborot vositasi — «Amerika ovozi» (Voice of America) muassasasining 600 dan ortiq xodimiga ishdan bo‘shatish to‘g‘risida xabarnoma yubordi.
New York Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, xodimlar 1 sentyabrda shartnomalari rasman tugashidan oldin maoshli ta’tilga yuborildi. Tashkilotdagi shtat soni 2025 yil boshidagi holatga nisbatan taxminan yettidan bir qismga — 200 atrofida kamayadi.
Prezident Tramp mart oyida Voice of America’ni «amerikaga qarshi» va «propaganda» g‘oyalarini tarqatishda ayblab, agentlikni amaliy tarzda bartaraf etish to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu natijada agentlik 1942 yildan beri birinchi marta o‘z faoliyatini to‘xtatdi.