Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil falastinliklar uylarini harbiy bazaga aylantirdi

Isroil falastinliklar uylarini harbiy bazaga aylantirdi

Isroil kuchlari tomonidan okkupasiya qilingan Falastin shaharlari — Arura, Abveyn va Ramalla viloyatidagi Nubani fermalari hududida keng ko‘lamli operasiya o‘tkazildi. Bu haqda Falastin axborot markazi xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylar reydlar o‘tkazib, aholi vakillarini qo‘lga olgan hamda bino va uylarni egallab olgan. Qator holatlarda uy egalari majburan chiqarib yuborilgan, binolar esa vaqtincha harbiy bazaga aylantirilgan.

Mahalliy manbalar shaharlarga kirish-chiqish bloklangani, harakatlanish cheklangani va aholi yashash hududlarida harbiylar soni oshganini xabar qilmoqda.

Isroil Eronga qarshi aviazarbalarni boshlaganidan so‘ng, Hevron, Jenin, Ramalla va Qalqiliya shaharlaridagi o‘nlab uylar egallab olindi, oilalar chiqarib yuborildi va uylarga askarlar joylashtirildi. Fuqarolar va faollar so‘zlariga ko‘ra, bu harakatning maqsadi — harbiylarni ehtimoliy eron zarbalaridan muhofaza qilish, ya’ni askarlar fuqarolar orasida yashirinmoqda.

Faollar armiyani falastinliklardan «tirik qalqon» sifatida foydalanishda ayblashmoqda — aynan shunday usulda Isroil XAMASni ayblagan edi. Xalqaro huquqda bu kabi harakatlar taqiqlangan bo‘lsa-da, Youth Against Settlements inson huquqlari tashkiloti ta’kidlashicha, «afzallik armiya xavfsizligiga beriladi, falastinlik bolalar hayotiga emas».

Kiritildi: 08:50 21.06.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!