Rossiya Rossiya-Ukraina mojarosi "iloji boricha tezroq" va eng yaxshisi tinch yo‘l bilan yakunlanishini istaydi.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
"Biz buni tinchlik yo‘li bilan yakunlashni xohlayapmiz, lekin Ukraina va uning Ittifoqdoshlari buni istamayapti" - dedi Putin.