Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda ota aliment qarzi o‘rniga "Lacetti"sini berdi

Andijonda ota aliment qarzi o‘rniga "Lacetti"sini berdi

Uch farzand uchun aliment to‘lamay yurgan ota qarzini “Lacetti” bilan yopdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan SH.O. uch nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun M.Q. foydasiga aliment to‘lashi kerak edi.

Biroq, u belgilangan majburiyatlarni bajarmay, qarzdorlik 139 mln so‘mdan oshgan.

Ogohlantirishlarga qaramay qarz to‘lanmagani sababli, qarzdorga nisbatan javobgarlik masalasini hal etish uchun ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tuman sudiga yuborilgan.

Sud jarayonida qarzdor aliment qarzi o‘rniga o‘zining “Lacetti” rusumli avtomashinasini berishini taklif qildi. Undiruvchi M.Q. 139 mln so‘m aliment qarzlari o‘rniga ushbu mashinani qabul qilishga rozilik bildirdi.

Natijada, aliment qarzi to‘liq qoplandi, qarzdor javobgarlikdan ozod etildi.

Kiritildi: 09:14 19.06.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!