Indoneziyaning Flores orolida joylashgan Levotobi Laki-Laki vulqoni harakatga keldi. Mahalliy ma’muriyat hududda xavf darajasini eng yuqori pog‘onaga ko‘tardi.
Bali orolidagi aeroport operatorining AFP agentligiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, vulqondan otilayotgan kul osmonda tobora kengroq hududlarga tarqalmoqda, shuning uchun 18 iyun uchun rejalashtirilgan reyslar keyinga qoldirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 32 ta reys bekor qilingan. Shunga qaramay, aeroport faoliyatini davom ettirmoqda.