Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada endi migrant jinoyat qilsa, oilasi bilan tovon to‘lashi mumkin

Rossiyada endi migrant jinoyat qilsa, oilasi bilan tovon to‘lashi mumkin

Rossiya parlamenti jinoyat sodir etgan migrantning nafaqat o‘zi, balki yaqin qarindoshlarini ham mamlakatdan chiqarishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Mazkur taklif jamoatchilik va inson huquqlari faollari orasida bahslarga sabab bo‘lishi mumkin.

Endi Rossiyada jinoiy yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan xorijiy fuqarolar bilan birga, ularning yaqin qarindoshlari ham mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Davlat dumasida muhokamaga qo‘yilgan yangi qonun loyihasida shu haqda gap borgan.

Ushbu tashabbus «Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun» partiyasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, uni partiya rahbari va Dumadagi fraksiya yetakchisi Sergey Mironov tayyorlagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujjat 2025 yil 18 iyun kuni parlamentga rasman kiritilishi rejalashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, agar migrant Rossiya hududida javobgarlikka tortilsa va chiqarib yuborilsa, uning oila a’zolari ham avtomatik ravishda deportasiya qilinishi lozim bo‘ladi. Qonun, shuningdek, ular uchun qayta kirish taqiqini ham o‘z ichiga oladi.

Partiya bayonotida qayd etilishicha, bu chora Rossiya jamiyati xavfsizligini ta’minlash va migrasiyani qat’iy nazorat qilish maqsadida taklif etilmoqda. Tashabbuskorlar bunday yondashuvni huquqbuzar migrantlarga ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida ko‘rishyapti.

Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va jamoatchilik ushbu loyihaga nisbatan tanqidiy munosabat bildirishi kutilmoqda. Chunki bu siyosat oila a’zolarini javobgarlikka tortish orqali jamoaviy jazoni amalga oshirish sifatida baholanishi mumkin.

Kiritildi: 19:30 18.06.2025. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!