Britaniya hukumati Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda, Tel-Aviv va Quddusdagi diplomatik muassasalarida ishlovchi xodimlarning oila a’zolarini vaqtinchalik ravishda evakuasiya qildi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Joriy vaziyatni hisobga olgan holda, bu ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirildi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Britaniya tashqi ishlar idorasi ma’lum qilishicha, Tel-Avivdagi elchixona va Quddusdagi konsulxona xodimlarining qarindoshlari mamlakatdan vaqtincha chiqarilgan. Biroq diplomatlar o‘z lavozimlarida qoladi.
“Evakuasiya vaqtinchalik. Biz diplomatik faoliyatni to‘xtatmayapmiz”, — deydi manbalar.