Pentagon Amerika qo‘shinlarini Yaqin Sharqdagi, jumladan, BAA, Iordaniya va Saudiya Arabistonidagi bazalarda yuqori shay holatga keltirdi.
Bu haqda The New York Times (NYT) manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, Tehron, agar Vashington Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlariga qo‘shilsa, AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga zarba berishga hozirlik ko‘rmoqda.
Bu imkoniyat haqida avvalroq CBS xabar bergan edi.
NYT qayd etganidek, mintaqada 40 mingdan ortiq amerikalik askar jamlangan.