Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi ichimlik suvining yangi tariflarini tasdiqlash bo‘yicha qarorni e’lon qildi. Qaror 2025 yil 12 iyun kuni chiqarilgan.
Unga ko‘ra, Buxoro suv ta’minoti AJ taklif etayotgan narx quyidagicha: oddiy aholi uchun bir kub suv narxi 4000 so‘m (amaldagi narx 3100 so‘m). Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa narx 8,5 ming so‘mni tashkil etadi (hozirda esa 7 ming so‘m).
Oqova suvlarni chiqarib yuborish aholi uchun 3800 so‘m, ulgurji iste’molchilar va byudjet tashkilotlari uchun esa 5600 so‘mni tashkil qiladi.
Texnik suv yetkazib berish barcha iste’molchilar uchun 2 ming so‘mga oshadi.
Mazkur narxlar e’lon qilingandan 15 kun o‘tib kuchga kirishi belgilangan.