Bugungi qahramonimiz – Oltiariqlik "mohir tadbirkor" B.SH.! U kishi bir kuni ko‘zini yerga tikdi-yu, "bir" g‘oyaga keldi: "Nima qilaman bu yerlarni sotib olib, hujjat qilib? Bor-ku, o‘zim uchun yetarlicha, yana biroz "o‘zlashtirib" qo‘ysam, kim biladi deysan?!"
Ammo adolatning "kuzatuv kameralari" aniqladi! Oltiariq tuman sudining qarori B.SH.ga qonunning "samimiy" salomlarini yetkazdi: 47.7 million so‘m jarima – "o‘zlashtirish uchun ’bonus’."
MIB "ixtiyoriy muddat" berdi, ammo B.SH. "unutib qo‘ydi". Shundan so‘ng MIB: "’Ixtiyoriy bo‘lmasa, majburiy!’" shiori ostida, B.SH.ga tegishli mulklarni xatlab, auksionga chiqarishga kirishdi. Ana xolos! Mulklari "sayohatga" otlanganini ko‘rgan B.SH.ning ko‘zlari darrov "ochildi" – 47.7 million so‘m bir zumda topildi!
Lekin bu hali hammasi emas ekan. B.SH.ning bu "erga mehribonligi" unga yana bir "qimmatli" tajriba olib keldi: 1.234.241.845 so‘m miqdorida yetkazilgan zararni ham davlat foydasiga to‘lashga to‘g‘ri keldi.
Birovning moliga, ayniqsa yeriga "ko‘z olaytirish" nafaqat o‘sha yerdan ayiradi, balki xuddi bizning qahramonimiz B.SH. kabi, 47,7 million so‘mlik jarima va 1.2 milliard so‘mlik "qimmatli tajriba" bilan ham boyitadi.