Eron Isroilga qarshi yangi zarbalar seriyasini boshladi.
Bu haqda Eronning Fars agentligi xabar berdi.
Isroil Mudofaa kuchlari Eron tomonidan yangi raketa zarbasi qayd etilganini va aholiga boshpanalarga joylashishni buyurganini bildirgan.
“Hozirgi vaqtda havo hujumidan mudofaa tizimlari xavfni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan joyda nishonlarni tutib olish ustida ishlamoqda”, — deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida.