Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Yashirilgan traktor topildi

Yashirilgan traktor topildi

Majburiy ijro byurosining Arnasoy tumani bo‘limi ish yurituviga "M.D." fermer ho‘jaligining soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mulkiy holatini o‘rganish maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor xo‘jalikka tegishli "Belorus" rusumli texnikasi mavjudligi aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor mazkur traktorni xatlovdan yashirganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Arnasoy tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan Belorus rusumli traktor topilib, o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida ushbu traktor auksion savdolarida sotilib, tushgan pullar fermerning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklariga yo‘naltirilishi mumkin.

Kiritildi: 16:17 12.06.2025. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!