Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya 2022 yilda Ukrainaga tinchlik shartnomasi bo‘yicha “ancha yumshoq” shartlarni taklif qilgandi

Rossiya 2022 yilda Ukrainaga tinchlik shartnomasi bo‘yicha “ancha yumshoq” shartlarni taklif qilgandi

Rossiya prezidentining yordamchisi va Ukraina bilan muzokaralarda Rossiya delegasiyasi rahbari Vladimir Medinskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina 2022 yil 28 fevralda tinchlik shartnomasini imzolashi mumkin edi.

Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytdagi shartlar hozirgidan ancha yumshoq edi. Rossiya delegasiyasi shartnoma loyihasini taqdim etganidan so‘ng, Ukraina prezidenti Zelenskiy ikki haftacha sukut saqlagan va shu vaqt mobaynida Buyuk Britaniya hamda AQSh vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

"So‘ngra bizga “Xorijiy hamkorlarimiz shartnoma tuzmaslikni tavsiya qilishdi”, deyishdi. Holbuki, biz u shartnomani allaqachon kelishib bo‘lgan edik", — dedi Rossiya delegasiyasi rahbari.

Avvalroq Putin ham G‘arb davlatlari Ukrainani 2022 yilda taklif qilingan shartnomani imzolashdan bosh tortishga undaganini aytgan edi.

Buyuk Britaniyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Boris Jonson Rossiyaga hududiy yon berishga qarshi bo‘lgan, biroq Ukraina qanday qaror qilsa, shuni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytgan.

NYT manbalariga ko‘ra, AQSh Rossiya taklif qilgan shartlardan jiddiy xavotirga tushgan

Kiritildi: 09:30 10.06.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!