10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashining so‘nggi uchrashuvida Qatarga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur o‘yin oldidan Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi. Shu sababli, mazkur uchrashuvga chipta olgan barcha ishqibozlarni stadionga maksimal ertaroq kelib, o‘z joylarini egallashlari so‘raladi. Stadion muxlislar uchun uchrashuv boshlanishidan 3 soat oldin (15:45) da ochiladi.
O‘yin tugagach, tarixiy natija qayd etib, xalqimizni xursand qilgan milliy terma jamoamiz a’zolarini taqdirlash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.