Malayziyaning Gerik shahrida talabalar avtobusi halokatga uchrashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Perak shtat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, The Star portali xabar bermoqda.
"O‘lgan 15 nafardan 13 nafari voqea joyida vafot etgan, qolgan ikki nafari olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan”, — deyiladi departament xabarida. Halok bo‘lganlar orasida 14 nafar talaba va avtobus haydovchisi ham bor.
Avtobus Yertixdan Tanjungga ketayotgan edi. Magistral yo‘lda avtomobil bilan to‘qnashib ketgan, shundan so‘ng u ag‘darilib ketgan. Avtobus ichida jami 48 kishi bo‘lgan, ulardan 43 nafari talabalar bo‘lgan.