AQShning Tennessi shtatida yo‘lovchi samolyoti ishtirokida halokat ro‘y berdi.
Bu haqda CNN shtat yo‘l-patrul xizmatiga tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda 16 dan 20 kishigacha bo‘lgan. Jabrlanganlarning bir qismi vertolyotlarda eng yaqin tibbiy muassasalarga evakuasiya qilingan, boshqa jabrlanganlarga esa voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot parashyutda sakrash uchun ishlatilgan.
Voqea tafsilotlari va jabrlanganlarning aniq soniga aniqlik kiritilmoqda. Qutqaruv xizmatlari halokat joyida ishlashda davom etmoqda.