Bu yil so‘nggi 30 yil ichidagi eng sokin haj mavsumi bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilgi Haj mavsumi so‘nggi o‘ttiz yil ichida (pandemiya yillarini hisobga olmaganda) eng kam odam ishtirok etgan haj bo‘ldi — jami 1,67 million ziyoratchi. Bu o‘tgan yilgidan 160 mingga kam.
Taqqoslash uchun: 2012 yilgi Hajda rekord darajada — 3,16 million kishi qatnashgan, bu 2025 yildagi sezilarli pasayishni yaqqol ko‘rsatmoqda.
Ziyoratchilar sonining kamayishiga iqtisodiy inqiroz, viza cheklovlari va siyosiy beqarorlik sabab bo‘lgan.
Xojilarning 1,5 millioni xorijdan tashrif buyurishdi, 166 mingi mahalliy ziyoratchilar bo‘ldi. Ziyoratchilar 171 ta davlatdan kelishgan.
GASTAT statistik axborotida qayd etilishicha, erkak ziyoratchilar soni – 877 ming 841 nafar, ayol ziyoratchilar soni esa – 795 ming 389 nafarni tashkil qilgan. Saudiyaga ziyoratchilar eng ko‘p havo hududi orqali, samolyotlarda kirib kelgan.