Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda motosikl va skuter to‘qnashdi, qurbonlar bor

Toshkentda motosikl va skuter to‘qnashdi, qurbonlar bor

Toshkent shahri Sergeli tumanida mototransport vositalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ikki haydovchining halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

8 iyun kuni soat 02:00 atrofida Fayzli Toshkent ko‘chasida 26 yoshli SH.X. boshqaruvidagi QJ Motors motosikli va 25 yoshli M.Z. boshqaruvidagi Drongo skuteri to‘qnashib ketgan.

To‘qnashuv natijasida har ikki haydovchi og‘ir tan jarohatlari sabab halok bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:28 08.06.2025. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!