Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Ilon Maskning otasi "Sargrad" telekanali forumiga qatnashish uchun Moskvaga tashrif buyurdi

Ilon Maskning otasi "Sargrad" telekanali forumiga qatnashish uchun Moskvaga tashrif buyurdi

REN TV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Errol Mask "Kelajak 2050" forumida ishtirok etish maqsadida Moskvaga uchib kelgan. Milliarderning otasi "Sargrad" nashriga bergan intervyusida juda qiziqarli shaxslar uni kelajak haqida suhbatlashish uchun taklif qilganini va parvozda yordam ko‘rsatganini ma’lum qilgan.

"Kelajak 2050" forumi MDU bazasida o‘tkaziladi. Tadbirning rasmiy saytida ko‘rsatilgan mavzular orasida, xususan, quyidagilar bor: "Qalb va onglar uchun kurash. Suveren Rossiya mafkurasi", "Rus kosmosi. Mars uchun poyga" va "Vatanparvarlik tarbiyasi. Zamonamiz qahramoni qiyofasi". Tadbirda so‘zga chiqadigan odamlar orasida Erroldan tashqari (u "muhandis, tadbirkor, qimmatbaho toshlar savdogari, Ilon Maskning otasi" sifatida taqdim etilgan) Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, "Sargrad" rahbari Konstantin Malofeev va Birinchi kanal boshlovchisi Yekaterina Andreeva ham bor.

Errol Mask "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida o‘g‘lining Donald Tramp bilan ziddiyatida aynan AQSh prezidenti g‘alaba qozonishini ta’kidladi. "Menimcha, Ilon xato qildi, lekin u hozir charchagan, stressda. Besh oy davomida uzluksiz depressiyada bo‘ldi. Oxirda esa faqat u bilan Tramp qoldi, bu mojaro ertaga yakun yasaladigan arzimas bir narsa, xolos", deydi Maskning otasi.

Kiritildi: 20:00 08.06.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!