2023 yil oktyabr oyida kuchaygan qurolli mojarodan buyon G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 54,900 nafarga yaqinlashmoqda.
Bu haqda xabar bermoqda Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi.
“2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azodagi janglarda qurbonlar soni 54 880 kishiga yetdi, yana 126 227 kishi jarohat oldi”, — deyiladi vazirlik hisobotida. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo kasalxonalariga 108 qurbonning jasadi qabul qilingan, 393 falastinlik esa yaralangan.