Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Yamandagi masjiddagi otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Yamandagi masjiddagi otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Yamanning Al-Bayda viloyatidagi masjidlardan birida noma’lum shaxs granata uloqtirib, tartibsiz o‘t ochdi.

“Report”ning Al Hadath telekanaliga tayanib xabar berishicha , hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, yana 12 kishi jarohatlangan.

Manbalarga ko‘ra, voqea 7 iyun kuni dindorlar shom namoziga to‘plangan Karn al-Asad qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Agentlik taxminiga ko‘ra, hujumchi ruhiy kasallikdan aziyat chekkan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, jinoyatchi hujumdan taxminan bir yarim soat o‘tib qo‘lga olingan.

Otishma qurbonlaridan biri 12 yoshli bolakay bo‘lgan.

Kiritildi: 18:18 08.06.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!