Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Bolgariya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Bolgariya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev 9-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Bolgariya Prezidentlari o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmasevtika tarmog‘i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperasiyani yo‘lga qo‘yish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investisiya forumida ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 16:07 08.06.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!