Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqovni lavozimidan ozod qildi, deb xabar berdi yakshanba kuni Qozog‘iston yetakchisining matbuot xizmati.
“Davlat rahbarining farmoniga binoan, Kosanov Dauren Jumatayevich Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri etib tayinlandi”, — deya qo‘shimcha qilindi prezident matbuot xizmatida.
Dauren Kosanov 1969-yil 14-oktyabrda Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida tug‘ilgan.
U 1990-yilda Aramvir oliy harbiy aviasiya uchuvchilar bilim yurtini, 2005-yilda YU.A. Gagarin nomidagi Harbiy-havo akademiyasini, 2013-yilda esa Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini tamomlagan.
2024-yil sentyabr oyidan buyon Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlari Havo mudofaasi kuchlari Bosh qo‘mondoni – mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Qo‘shimcha farmonda aytilishicha, Qozog‘iston prezidenti shuningdek, transport vaziri Marat Qarabayevni ham lavozimidan ozod qilgan.
Prezident maslahatchisi lavozimiga esa Asel Janasova tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar u “Kazpochta” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.