Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘onaga narkotik mahsulotlarini olib kelayotgan narkokurerlar ushlandi

Farg‘onaga narkotik mahsulotlarini olib kelayotgan narkokurerlar ushlandi

Giyohvandlik vositasini Farg‘onaga olib ketayotgan narkokurerlar Toshkent viloyatida ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning yozishicha, tadbir davomida Toshkentda yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan, gashish giyohvandlik moddasini Bekoboddagi yashirib qo‘yilgan joyidan olib, Qo‘qonda yashovchi xaridorga olib ketayotgan vaqtida qochishga uringan ikki shaxs ham ushlandi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik moddasi narkokurer tomonidan kontrabanda yo‘li bilan “zakladka” ko‘rinishida ko‘mib ketilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:37 08.06.2025. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!