“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan raqobati haqida gapirdi.
"Albatta, Messiga nisbatan mehrim bor. Biz 15 yil davomida sahnada edik. Tadbirlarda Lionel uchun ingliz tilidan tarjima qilganimni eslayman, chunki u bu tilda unchalik yaxshi gapirmasdi. Messi doim menga yaxshi munosabatda bo‘lgan va hurmat qilgan", - deydi Krishtianu.
Ronaldu hali "An-Nasr" bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q va tez orada erkin agent sifatida yangi jamoaga ketishi mumkin.