Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rubio: "Vashingtonning tashqi siyosatini dunyo tartibi emas, AQSh manfaatlari belgilab beradi"

Rubio: "Vashingtonning tashqi siyosatini dunyo tartibi emas, AQSh manfaatlari belgilab beradi"

Amerika ma’muriyati o‘z tashqi siyosatini belgilashda hozirgi dunyo tartibini emas, balki Qo‘shma Shtatlarning milliy manfaatlarini hisobga oladi.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio American Compass nodavlat tahlil markazi tomonidan tashkil etilgan anjumanda ma’lum qildi.

"Tashqi siyosatimiz - joy va masalaga qarab - birinchi navbatda Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun foydali bo‘lgan narsaga qaratilishi va yo‘naltirilishi kerakligi haqidagi g‘oya butunlay yo‘qoldi. Biz xalqaro tartib yoki dunyo uchun nima foydali bo‘lishidan kelib chiqqan holda tashqi siyosat qarorlarini qayta-qayta qabul qildik", dedi u.

"Men bu narsalarning ahamiyati yo‘q, deb aytmayapman, lekin tashqi siyosatimizning birinchi ustuvor yo‘nalishi Qo‘shma Shtatlar va Qo‘shma Shtatlar manfaatlariga mos keladigan narsa bo‘lishi kerak. Bu izolyasiya emas, bu sog‘lom fikr", - deya qo‘shimcha qildi AQSh Davlat kotibi.

Kiritildi: 06:51 04.06.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!