Vashingtonning Anqaradagi elchisi va Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barrak AQSh Suriyadagi harbiy ishtirokini qisqartirayotganini tasdiqladi. Amerika hukumati mamlakatdagi sakkizta harbiy bazadan faqat bittasini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
«Sakkizta bazadan beshtaga o‘tdik, keyin esa uchtaga. Oxir-oqibat bittaga o‘tamiz», — deydi Barrak.
So‘nggi haftada AQShning 500 nafarga yaqin askari Suriyadan olib chiqilgan. Fox News jurnalisti Jennifer Griffinning amerikalik amaldorlarga tayanib yozishicha, bazalarning uchtasi «Suriya demokratik kuchlari»ga berilgan yoki yopilgan.