Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda.
Barselona shahar kengashi misli ko‘rilmagan qaror qabul qilib, Isroil hukumati bilan barcha rasmiy aloqalarni to‘xtatdi.
Bu qaror shahar koalisiyasidagi so‘l partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Qaror Tel-Aviv bilan birodar shahar munosabatlarini uzishni, Isroil kompaniyalari bilan hamkorlikni taqiqlashni, shuningdek, portga Isroilga yo‘naltirilgan qurollar olib keladigan kemalarni qabul qilmaslikni tavsiya qilishni o‘z ichiga oladi.