Marokash qiroli Muhammad VI fuqarolardan joriy yilda Qurbon hayiti paytida qurbonlik marosimini vaqtincha to‘xtatishni talab qilgan.
Ushbu qarorga mamlakatda davom etayotgan kuchli qurg‘oqchilik hamda uning chorvachilik va iqtisodiyotga ta’siri sabab bo‘lgan.
Ushbu qarorni Marokash Diniy ishlar vaziri Ahmad Tavfiq davlat telekanalida o‘qib eshittirgan.