Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Li Chje Myon Janubiy Koreya prezidenti etib saylandi

Li Chje Myon Janubiy Koreya prezidenti etib saylandi

"Toburo" liberal-demokratik partiyasidan nomzod Li Chje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib saylandi. Unga saylovchilarning deyarli 49 foizi ovoz berdi.

61 yoshli Li kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan bo‘lib, huquqshunoslik sohasida ta’lim olgan. U 2010-2017 yillarda Sonnam shahrini, 2018-2021 yillarda esa Kyongido provinsiyasini boshqargan. 2022 yildagi prezidentlik saylovlarida u Yun Sok Yoldan 1 foizdan ham kamroq farq bilan mag‘lub bo‘lgan.

2024 yil yanvar oyida Li pichoq bilan hujumdan omon qoldi, shuningdek, u beshta jinoiy ishda, jumladan, korrupsiya va Shimoliy Koreyaga pul o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarda ayblangan.

Eslatib o‘tamiz, bu galgi prezidentlik saylovi Yun Sok Yolga nisbatan e’lon qilingan impichmentdan so‘ng o‘tkazildi.

Kiritildi: 00:03 04.06.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!