Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Suriyaning xorijlik jangarilarni mamlakat milliy armiyasiga qo‘shish rejasini ma’qulladi

AQSh Suriyaning xorijlik jangarilarni mamlakat milliy armiyasiga qo‘shish rejasini ma’qulladi

Reuters agentligi bu haqda Qo‘shma Shtatlarning Suriyadagi maxsus vakili Tomas Barakka tayanib xabar bermoqda.

Suriya Mudofaa vazirligining uch nafar rasmiysiga ko‘ra, taxminan 3,5 ming nafar xorijlik jangari, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari Suriya armiyasining yangi tuzilayotgan 84-diviziyasi tarkibiga kiritiladi. Diviziyaga suriyalik fuqarolar ham jalb etiladi.

Suriya hukumatiga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, prezident Ahmad ash-Sharaa va uning ittifoqchilari G‘arb davlatlarini xorijlik jangarilarni armiyaga qo‘shish orqali ularning xalqaro terroristik guruhlarga qayta qo‘shilish xavfi kamayishini ishontirishga muvaffaq bo‘lgan.

"Gap, jumladan, Bashar Asadga qarshi kurashgan va o‘tgan yili u hokimiyatdan ag‘darilgach, mamlakatni egallagan guruh – “Hay’at Tahrir ash-Shom” a’zolari haqida bormoqda. Bu guruh hokimiyat almashuvida muhim rol o‘ynagan edi", deya xabar bermoqda Reuters.

"Biz ushbu masalada shaffoflik asosida o‘zaro kelishuvga erishdik. Agar ular yangi hukumatga sodiqligini bildirayotgan bo‘lsa, ularni tashqarida emas, davlat tuzilmalarida saqlab qolish maqsadga muvofiq", — dedi Barak.

Kiritildi: 22:35 03.06.2025. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!