Mutaxassislar Kyoln shahrida Ikkinchi jahon urushi davrida shaharga tashlangan va portlamay qolgan AQShning uchta bombasini zararsizlantirishni rejalashtirmoqda.
Gap og‘irligi 1 va 2 tonnali Amerika bombalari haqida ketmoqda.
Evakuasiya 4 iyun kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8:00 da boshlanadi. Qator maktablar, bolalar bog‘chalari, muzeylar va shahar boshqaruv idoralari faoliyatini to‘xtatadi. Kyolndagi markaziy vokzalning ayrim qismlari evakuasiya hududiga tushgan. Bundan tashqari, Reyn daryosi ustidagi uchta ko‘prik bir necha soatga yopiladi.
Deutsche Bahn temiryo‘l kompaniyaai poyezdlar harakatida cheklovlar bo‘lishini e’lon qildi. Bu ko‘plab mintaqaviy temiryo‘l yo‘nalishlari hamda xalqaro reyslarga ta’sir qiladi. Ammo aynan qaysi yo‘nalishlarga ta’siri borligiga kompaniya tomonidan aniqlik kiritilmagan.
Kyolnda bunday ko‘lamdagi evakuasiya Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta amalga oshirilmoqda. Bombalar aniqlangan joydan 1 km radiusdagi hududdan 20 ming kishini evakuasiya qilish rejalashtirilgan.