Simone Inzagi «Inter»ni tark etishga qaror qildi.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, italiyalik 49 yoshli mutaxassis «Al Hilol»ni boshqaradi. U Riyod klubida yiliga 25 mln yevro maosh oladi.
Inzagi yangi jamoasidagi debyutini 18 iyun kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Real»ga qarshi o‘tkazadi. O‘z navbatida bu bahs Xabi Alonso uchun ham Madrid klubi boshqaruvidagi debyut bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Simone «Inter» bosh murabbiyi sifatida 2024 yil A Seriyani, ikki bor Italiya kubogi va ikki marta superkubokni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ikki bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.