Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Niderlandiya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

Niderlandiya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

U shuningdek, muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini ham e’lon qildi

Bu haqda NOS agentligi xabar bermoqda.

Gert Vilders migrasiya siyosatidagi kelishmovchiliklar tufayli o‘zining Niderlandiya Ozodlik partiyasi (PVV) hukumatdan chiqishini e’lon qilgani sababli hukmron koalisiya parlamentdagi ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotdi.

Sxof hukumati bir yildan kamroq vaqt davomida hukmronlik qilmoqda. U 2023 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlardan keyin shakllantirilgan edi. Sxofning o‘zi partiyaga ega emas.

Niderlandiyada yangi parlament saylovlari kuzda o‘tkazilishi mumkin, ungacha Sxof hukumati mamlakatni vaqtincha boshqarishda davom etadi.

Kiritildi: 21:50 03.06.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!