O‘ta o‘ng Niderlandiya Ozodlik partiyasi (PVV) rahbari Gert Vilders immigrasiya masalasidagi kelishmovchiliklar sababli o‘z partiyasini hukmron koalisiya tarkibidan chiqarishini e’lon qildi.
Vildersning 2023 yil noyabr oyidagi parlament saylovlaridagi g‘alabadan so‘ng koalisiya doirasidagi hamkorlari bilan kelishilgan “tarixdagi eng qattiq immigrasiya siyosati” juda sekin amalga oshirilayotganidan afsusdaligini bildirdi.
O‘tgan hafta Vilders koalisiyadagi hamkorlaridan qochqinlarni qabul qilishni butunlay to‘xtatish, suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish va migrantlarni joylashtirish markazlarini yopish bo‘yicha o‘z takliflarini darhol qo‘llab-quvvatlashni talab qilgan edi. Biroq bu taklif koalisiyaning qolgan a’zolari tomonidan ma’qullanmadi.