Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Qrim ko‘prigida harakat tiklandi

Qrim ko‘prigida harakat tiklandi

Bu haqda ko‘prikning faoliyati haqidagi operativ ma’lumotlar beruvchi Telegram-kanali xabar berdi.

Qrim ko‘prigida harakat taxminan ikki soat oldin to‘xtatilgan edi. Buning sabablari rasman bildirilmagan, biroq Qrimdagi Rossiya rasmiylari Ukraina qurolli kuchlarining “Qrim qirg‘oqlari yaqinidagi faolligi” haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, rasmiylar Qrim ko‘prigiga shikast yetgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirgani yo‘q.

Rus harbiy Telegram-kanallari Qrim ko‘prigi yaqinida Ukrainaga tegishli boshqaruvchisiz katerlar hujumi kuzatilgani va ular yo‘q qilingani haqida xabar bermoqda.

Kiritildi: 20:21 03.06.2025. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!