Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Nigeriyada suv toshqinlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada suv toshqinlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Payshanba kuni Nigeriyaning Mokva shahrida sodir bo‘lgan suv toshqini qurbonlari soni rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 200 kishidan oshdi, deya xabar beradi BBCga tayanib.

Yana 500 kishi bedarak yo‘qolgan. Biroq mahalliy amaldor Musa Kimbokuning BBCga ma’lum qilishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari to‘xtatilgan, chunki rasmiylarning tirik qolganlarni topishga umidlari qolmagan.

Suv toshqinlari mintaqada so‘nggi 60 yil ichida sodir bo‘lgan eng yomoni deb ta’riflangan.

Yakshanba kuni Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi jabrlanganlarga gumanitar yordam ko‘rsatishni boshlaganini ma’lum qildi. Agentlik shuningdek, suv toshqini yo‘l va ko‘priklarga zarar yetkazganini, bu esa o‘z navbatida mahalliy iqtisodiyot va transport holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

Nigeriyada apreldan oktyabrgacha davom etadigan yomg‘irli mavsumda suv toshqini odatiy hodisadir.

Kiritildi: 20:05 03.06.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!