Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Eronga uranni boyitishga ruxsat beradimi?

 Tramp Eronga uranni boyitishga ruxsat beradimi?

Shanba kuni Qo‘shma Shtatlar tomonidan Eronga topshirilgan yadroviy kelishuv taklifi Eron tuprog‘ida uranni hali aniqlanmagan muddatga cheklangan, past darajada boyitish imkonini beradi, deya xabar beradi Axios taklifni bevosita biladigan ikki kishiga tayanib.

Ushbu taklifga ko‘ra, Eronga uranni boyitish salohiyatini fuqarolik maqsadlaridan tashqari rivojlantirish taqiqlanadi.

Bitim imzolangandan so‘ng , Eron o‘zining boyitish darajasini vaqtincha 3 foizga kamaytirishi va uranni boyitish bo‘yicha yerosti inshootlarini foydalanishdan chiqarishi kerak . Er usti inshootlarida boyitish yadro reaktorlarini yonilg‘i bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajada cheklanadi.

Taklif qat’iy nazorat tizimini o‘rnatishni, shu jumladan zudlik bilan MAGATEning qo‘shimcha protokolini qabul qilishni talab qiladi.

Sanksiyalarning bekor qilinishi Eron AQSh va MAGATEga mos keladigan shartlarga haqiqiy sodiqligini namoyish qilgandan keyingina mumkin bo‘ladi.

Oq uyning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Davlat kotibi Marko Rubio avvalroq AQSh Eronga uranni boyitishga ruxsat bermasligini va uning yadroviy infratuzilmasini butunlay yo‘q qilishni talab qilishini aytgan edi. Yashirin taklif ikkala hisobda ham ancha moslashuvchanlikni ko‘rsatadi.

Eron doimiy ravishda uranni fuqarolik maqsadlarida boyitishni taqiqlovchi bitimni imzolamasligini ta’kidlab keladi , bu prinsipial pozisiya AQShning davlat pozisiyasiga to‘g‘ri kelmaydi.

The Wall Street Journal avvalroq Isroil rasmiylari AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralarni saqlab qolish uchun uranni boyitishni to‘liq taqiqlash haqidagi talabidan voz kechib, murosaga kelishi mumkin, deb hisoblagani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 15:28 03.06.2025. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!