Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Migrasiya agentligi pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgan firibgarlardan ogohlantirdi

Migrasiya agentligi pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgan firibgarlardan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda ishlab yurgan va afsuski vafot etgan vatandoshlarimizning jasadlarini yurtimizga olib kelish uchun blogerlar, turli shaxslar plastik karta raqamlarini chiqarib, pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgani kuzatilmoqda.

Qayd etilishicha, ayrim holatlarda eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar ko‘paymoqda. Ularning tarqatayotgan ma’lumotlari orqali yurtdoshlarimiz aldanib, plastik kartalariga pul o‘tkazib bermoqda.

Bu kabi xabarlarni ko‘rsangiz, hech qanday pul o‘tkazmang. Bu vaziyatda qonuniy va ishonchli yo‘l — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligiga murojaat qilishdir, — deyiladi xabarda.

Agentlik agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migrasiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga yurtga olib kelinishini eslatib o‘tdi.

Kiritildi: 18:56 02.06.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!