Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “J.S.” xususiy korxonasi rahbari J.SH. korxonaga qarashli savdo do‘konida qalbaki aksiz markali va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 17 turdagi 737 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O.A.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi N.A. tegishli hujjatlari bo‘lmagan va qalbaki aksiz markali 630 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.R.” MCHJ rahbari J.A. va sotuvchisi J.K.dan qalbaki aksiz markali 607 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:09 02.06.2025. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!