Qashqadaryo viloyatidan senator Abdurahim Erkayev sud tizimini keskin tanqid qildi.
Uning aytishicha, O‘zbekiston Jahon odil sudlov indeksida besh pog‘onaga pastlab 83-o‘ringa tushgan. Fuqarolik sudlovi bo‘yicha esa mamlakat 106-o‘ringa chiqib, o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘ona pastlagan.
"Afrikaning ayrim davlatlaridan ham orqadamiz. Bu aholida sud-huquq tizimiga ishonch so‘nib borayotganini ko‘rsatadi", — dedi senator.