Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jinoyatga dalil 300+ video va 91 guvoh: BMT Rossiyani harbiy jinoyatlarda aybladi

Jinoyatga dalil 300+ video va 91 guvoh: BMT Rossiyani harbiy jinoyatlarda aybladi

Rossiya qurolli kuchlari Xersonning tinch aholisini dronlar yordamida o‘ldirib, muntazam ravishda harbiy jinoyatlar sodir etgan. BMTning Ukrainadagi voqealarni tekshirish bo‘yicha Mustaqil xalqaro komissiyasi o‘zining yangi hisobotida shunday xulosaga keldi.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yil iyulidan boshlab Rossiya qo‘shinlari Dneprning bosib olingan chap qirg‘og‘idan Ukraina nazoratidagi o‘ng qirg‘oqdagi tinch aholiga har kuni hujum qilmoqda. Ushbu hujumlar oqibatida 2025 yil martgacha Xerson viloyatining Xerson va Berislav tumanlarida 146 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan, 1405 nafari esa jarohat olgan.

300 dan ortiq video va fotosuratlarni, Telegram kanallaridagi 600 ga yaqin xabarni tahlil qilib, shuningdek, hujumlarga uchragan hududlardan 91 kishi bilan suhbatlashgandan so‘ng, BMT komissiyasi tinch aholiga qarshi uchuvchisiz uchqich hujumlari xalqaro gumanitar huquqni buzuvchi ongli ravishda qo‘llanilayotgan dahshat strategiyasi, degan xulosaga keldi.

Kiritildi: 22:00 29.05.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!